AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
AQSH Xalqaro savdo sudi prezident Donald Tramp tomonidan joriy qilingan import tariflarini noqonuniy deb topdi. Ularning aksariyati bloklandi. Bu haqda “The New York Times” xabar qildi.
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.
Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.
Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongressga boshqa mamlakatlar bilan savdoni tartibga solishda mutlaq huquq berilgan va bu vakolatlar prezidentning iqtisodiyotni himoya qilish vakolatlari bilan bekor qilinishi mumkin emas.
AQSH Adliya vazirligi yuristi Brett Shumeyt sudda tariflardan maqsad davlat hamkorlarini muzokaralar stoliga oʻtqizish va kelishuvlarga erishish uchun siyosiy bosim vositasini yaratish ekanini aytdi.
Qaror eʼlon qilinganidan soʻng, Tramp maʼmuriyati apellyatsiya bergan.
“Saylanmagan sudyalar mamlakatdagi favqulodda vaziyatga qanday toʻgʻri munosabat bildirishni hal qilishga haqli emas”, degan Oq uy matbuot kotibi oʻrinbosari Kush Desai.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring