AQSH shiddat bilan bankrot boʻlmoqda — Ilon Mask
Foto: Reuters
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask AQSH shiddat bilan bankrot boʻlayotganini aytib, davlat qarzi boʻyicha foiz toʻlovlari mamlakat mudofaa byudjetidan oshib ketganini taʼkidladi.
“Agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, biz hukumatning oʻziga xos juda kam uchraydigan deregulyatsiyasi (jamoat munosabatlarining maʼlum bir sohasida davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish yoki qisqartirish)ni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Chunki AQSH shiddat bilan bankrot boʻlmoqda. Mudofaa vazirligi byudjeti yiliga bir trillion dollarni tashkil etadi va milliy qarz boʻyicha foiz toʻlovlari mudofaa byudjetidan oshib ketdi”, dedi Mask.
Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oʻtgan hafta prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, hukumatni isloh qilish boʻyicha komissiya tuzib, uning samaradorligini oshirishga vaʼda berib, unga Mask rahbarlik qilishini qoʻshimcha qilgandi.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Unga demokrat nomzod — vitse-prezident Kamala Xarris raqiblik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring