AQSH Moskvaga nimalar vaʼda berdi?
Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida Rossiya va AQSH ikkita cheklangan kelishuvga erishdi: energetika obyektlariga hujumlardan vaqtincha voz kechish va Qora dengizdagi hujumlarni toʻxtatish. Biroq, AQSH prezidenti Donald Tramp talab qilganidek, jangovar harakatlarda toʻliq 30 kunlik tanaffusga erishishning iloji boʻlmadi. Mutaxassislarning fikricha, bu kelishuvlardan eng koʻp foyda koʻrgan tomon Kreml boʻlgan.
Harbiy tahlilchi Niko Langening fikriga koʻra, Rossiya nuqtayi nazaridan bu kelishuvlar manfaatli boʻlishi mumkin. “Moskva allaqachon Qora dengizning gʻarbiy qismida magʻlubiyatga uchradi, Ukraina esa Odessadan savdo yoʻllarini tikladi. Oxirgi kelishuvlar Rossiya uchun aslida hech qanday foyda keltirmaydi”, — deydi u.
Muzokaralar jarayonida AQSH Moskvaga oʻgʻitlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarish imkoniyatini tiklash hamda hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirishga yordam berishni vaʼda qilgan.
Britaniya nashrlari esa voqealarning rivojidan kelib chiqib, Rossiya muzokaralardan Ukrainaga nisbatan koʻproq yutuq qoʻlga kiritganini taʼkidlamoqda. Shuningdek, Kreml muzokaralarni ataylab choʻzib, oʻz manfaatlarini himoya qilmoqda, degan taxminlar ham mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring