AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.
Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga “juda yaqin” va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.
Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga oid kelishuv boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. “Reuters” xabariga koʻra, AQSH maʼmuriyati kelishuv loyihasiga “Gazprom” quvurining Ukraina qismi ustidan nazoratni Yevropaga topshirish talabini kiritganligi sababli uchrashuvdagi muhit “oʻta keskin” boʻlgan.
Shu yilning 9-aprel kuni Ukraina Oliy Radasi deputati Bogdan Kitsak Ukraina AQSH tomonidan taklif qilingan mineral resurslar boʻyicha yangi shartnoma loyihasini imzolashga rozi emasligini maʼlum qildi. Uning aytishicha, Kiyev Qoʻshma Shtatlar tomonidan qoʻyilgan shartlarni qabul qila olmaydi, chunki bu amalda mamlakatning iqtisodiy va davlat suverenitetini yoʻqotishini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring