AQSH moliya vaziri Xitoy bilan mojaroni savdo urushi deb atashdan bosh tortdi

Illyustrativ foto
AQSH moliya vaziri Skott Bessentning taʼkidlashicha, Xitoy bilan hozirgi keskinlik savdo urushi deb qaralmasligi kerak.
“Men buni savdo urushi deb atamagan boʻlardim, lekin aytmoqchimanki, Xitoy eskalatsiya qarab ketdi va Prezident Tramp bunga juda dadil javob qaytardi... Xitoy nima qilishini koʻramiz”, — deydi vazir.
Bessent shuningdek, Xitoyning harakatlari AQSH moliya tizimidan koʻra oʻz iqtisodiyotiga koʻproq taʼsir koʻrsatishiga ishonch bildirdi.
Shu yilning 2-aprel kuni Tramp 185 mamlakat uchun import tariflarining yangi tizimini joriy qildi. Bazaviy stavka barcha import qilinadigan tovarlar boʻyicha 10 foizni tashkil etdi va alohida mamlakatlar uchun u sezilarli darajada yuqori boʻldi — Xitoy uchun 34, Vyetnam uchun 46 va Yevropa Ittifoqi uchun 20 foiz.
Bunga javoban Xitoy ham AQSH tovarlariga 34 foizlik boj joriy qildi. Shundan soʻng Tramp Xitoyga qoʻshimcha 50 foizlik boj joriy etdi.
Xitoy savdo vazirligi AQSH prezidentining tahdidlariga javoban “oxirigacha kurashishga” vaʼda berdi.
“AQSHning Xitoyga bojlarni oshirish haqidagi tahdidi notoʻgʻri va yana bir bor Qoʻshma Shtatlarning shantaj xarakterini koʻrsatmoqda. Xitoy bunga hech qachon rozi boʻlmaydi. Agar AQSH bunga qatʼiy jazm etsa, Xitoy oxirigacha kurashadi”, — deya qayd etdi vazirlik.
Vazirlik vakilining qoʻshimcha qilishicha, Vashingtonning Pekinga bojlar joriy etishi hech qanday asosga ega boʻlmagan “bir tomonlama qoʻrqitishning odatiy amaliyoti”dir. Agar AQSH oʻz siyosatini qatʼiylashtirsa, Xitoy oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qarshi choralar koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring