AQSH Meksika orqali oʻtgan oʻzbekistonliklarni zudlik bilan deportatsiya qilishni boshlaydi – New York Post

19:28 11 Iyun 2024 Dunyo
556 0

Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston fuqarolari uzoq vaqt talab qilinadigan yuridik tartib-taomillarni chetlab o‘tgan holda tezlashtirilgan tartibda deportatsiya qilinadi. Bu haqda "New York Post" ichki hujjatga tayanib yozmoqda.

“Eksklyuziv” hujjatda yozilishicha, Kaliforniyadagi chegara xizmati xodimlariga 100 dan ortiq mamlakatdan kelgan muhojirlarni AQSHdan chiqarib yuborish buyurilgan. Bu buyruq Bayden maʼmuriyatining chegaradagi yangi choralari doirasida boʻlishi mumkin.

“Washington Examiner” esa Afrika, Osiyo, Avstraliya va Yevropaning aksariyat davlatlaridan San-Diyego chegara sektoriga noqonuniy oʻtgan muhojirlar AQSHga qoʻyib yuborilishini taxmin qilinmoqda.

AQSHdan faqat Gruziya, Moldova, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan kelgan migrantlar darhol deportatsiya qilinadi. Boshqa muhojirlar sudgacha ozod qilinadi, ammo boshpana izlashiga ruxsat berilmaydi.

Dam olish kunlarida janubiy chegarani kesib oʻtgan 10 mingdan ortiq muhojirlar aniqlangan. Bu Baydenning yangi cheklovlari amalda migrantlar oqimini toʻxtata olmasligi dalolatdir.

Chegara xizmati xodimlari yangi buyruq yetarli emasligini aytib, norozilik bildirishmoqda. Noqonuniy muhojirlar muammosini hal qilish uchun koʻrilgan choralarni esa “Titanikdagi teshikni saqich bilan yopishga urinish", deya baholashgan.

Yangi qoidalarni toʻliq amalga oshirish va qoʻshni davlatlarning AQSHga noqonuniy oʻtgan fuqarolarini qaytarib olishi uchun vaqt kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер