AQSH xorijiy haydovchilarga ish vizasi berishni toʻxtatdi
AQSH hukumati mamlakatda tijoriy yuk tashuvchi haydovchi sifatida ishlamoqchi boʻlgan xorijliklarga ish vizasi berish jarayonini vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio maʼlum qildi.
“Biz tijoriy yuk tashuvchi haydovchilarga ish vizasi berishni toʻxtatyapmiz. Amerika yoʻllarida katta yuk mashinalarini boshqarayotgan chet ellik haydovchilar sonining ortishi amerikaliklarning hayotiga xavf solmoqda”, — deb yozdi Rubio ijtimoiy tarmoqda.
Uning taʼkidlashicha, xorijiy haydovchilar sonining koʻpayishi AQSHdagi mahalliy haydovchilarni tirikchilikdan mahrum qilmoqda.
Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti amaldagi Amerika vizasiga ega boʻlgan 55 milliondan ortiq xorijlikning maʼlumotlarini qonunbuzarlik holatlari boʻyicha tekshirishini ham maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring