AQSH “Google” kompaniyasini tarqatib yubormoqchi
AQSH Adliya vazirligi “Google” kompaniyasining raqamli reklama bozori ustidan noqonuniy hukmronlik qilgani aniqlangach, uni AdX reklama almashuv platformasi va DFP (Double Click for Publishers) reklamani boshqarish tizimini sotishga majbur etish taklifini ilgari surdi. Adliya vazirligining bildirishicha, bu kabi bozor hukmronligini tugatish va adolatli raqobat muhitini tiklash uchun qatʼiy choralar zarur.
Gap shundaki, Virjiniya shtatining Aleksandriya shahrida joylashgan AQSH Okrug sudi hakami Leoniye Brinkema oʻtgan oyda “Google” ikki muhim soha — reklama almashuvi va nashriyot reklama serveri bozorlarida oʻz hukmronligini ataylab saqlab qolganini aniqladi. Bu qaror kompaniya uchun jiddiy zarba boʻldi, ayniqsa, bundan avvalgi sud qarorida “Google” onlayn qidiruv sohasida ham noqonuniy monopoliyaga ega deb topilgan edi.
Masʼullar vazirligi joriy yilning sentabrida boʻlib oʻtadigan sud majlisi sanasini belgilashgan. Unda “Google” va Adliya vazirligi vakillari shirkat hukmronligiga qarshi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildiradi.
“Google” esa, oʻz navbatida, real vaqtli takliflarni raqobatchilarga taqdim etish islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan, biroq biznesining muhim qismlarini majburan sotishga daʼvat qilishni noqonuniy deb hisoblamoqda. Kompaniya rasmiylarining fikricha, bu “Google”ni tarqatib yuborishga urinishdir.
Mazkur holat bozordagi kompaniya aksiyalariga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi — kompaniya qimmatli qogʻozlari narxi seshanba kuni ertalabki savdolarda 1,1 foizga pasaydi.
Eslatib oʻtamiz, AdX — bu onlayn nashriyotchilar reklamaga ajratilgan boʻsh joylarni real vaqt rejimida sotishi mumkin boʻlgan raqamli bozor hisoblanadi. DFP esa veb-saytlarning raqamli reklama joylarini saqlashi va boshqarishi uchun ishlatiladigan platformadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring