AQSH Gʻazo sektorini oʻz nazoratiga olmoqchi. Falastinliklarning taqdiri nima boʻladi?

11:39 12 Fevral 2025 Dunyo
186 0

Donald Tramp Iordaniya va Misr Gʻazo sektorida yashovchi falastinliklarni qabul qilmasa, ushbu davlatlarni AQSH koʻrsatayotgan yordamlardan mahrum qilish bilan tahdid qildi.

AQSH Gʻazo sektorida tiklash ishlarini olib borish vaji bilan falastinliklarni boshqa mamlakatlar, jumladan, Misr va Iordaniyaga butunlay koʻchirib yubormoqchi. Trampning rejasi aksariyat davlatlar va nufuzli tashkilotlar tomonidan qattiq qoralangan.

Avvalroq Misr Tashqi ishlar vazirligi falastinliklarning har qanday majburiy koʻchirilishi rad qilinishi haqida maʼlum qilgandi. Davlat falastinliklarni oʻz yerlaridan chiqarib yuborishga qarshi pozitsiyada.

Trampning rejasiga koʻra, urush vayron qilgan Gʻazo sektorini AQSH oʻz nazoratiga oladi va bu yerni iqtisodiy rivojlantirish bilan shugʻullanadi, lekin tiklashdan soʻng falastinliklar vataniga qaytib kelishi dargumon.

Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bu koʻchirish rejasini etnik tozalashga tenglashtirilib, xalqaro huquq, BMTning koʻplab rezolyutsiyalarini buzish ekanligi haqda eslatgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер