AQSH Davlat kotibi Navroʻz bayramiga bagʻishlangan onlayn-tadbirda ishtirok etadi
Oʻzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston va Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalari «Oksus jamiyati» tahliliy markazi va “Meridian” xalqaro markazi koʻmagida 19-mart kuni Navroʻz bayramiga bagʻishlangan onlayn-tadbir oʻtkazadi.
Tadbirda AQSHning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ilmiy doiralari, xorijiy diplomatik korpus va media-jamoatchilik vakillari qatnashadi.
Bayramning asosiy mehmoni — AQSH davlat kotibi Entoni Blinken boʻlishi kutilmoqda. Tashkilotchilarga koʻra, u tabrik nutqi bilan ishtirok etadi.
Bundan tashqari, anjumanda AQSH Kongressi Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi Gregori Miks, Milliy gvardiya byurosi rahbarining oʻrinbosari general-leytenant Mark Sassvill, savdo-sanoat palatalari rahbarlari Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Ozarbayjon xalqlarini bayram munosabati bilan qutlaydi. Tadbirda ushbu mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham soʻzga chiqadi.
Onlayn-tantana doirasida Navroʻz tarixi, uni Markaziy Osiyo va Kavkazda nishonlashning oʻziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi videoroliklar namoyishi tashkil etiladi.
Videokonferensiya yakunida Navroʻz bayrami munosabati bilan elchixonalar tomonidan tayyorlanadigan milliy taomlar, shirinliklar, shu jumladan, oʻzbek palovi va sumalak anjuman mehmonlari va ishtirokchilariga tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring