AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik “All In” podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Financial express” nashri.
Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta “oltin karta” sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan “Oltin kartalar”dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.
Maʼlumot uchun, “Oltin kartalar” maxsus viza dastur hisoblanib, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan. Har biri 5 million dollar turadigan “oltin karta” xorijliklarga AQSHda doimiy yashash huquqini beradi hamda AQSH fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda olish huquqiga ham ega chiqadi.
Tramp mazkur kartalarni joriy qilar ekan, koʻplab insonlar AQSHda yashashni xohlashini, ular ishlab, yangi ish oʻrinlari yaratib, kompaniyalar barpo etishlari mumkinligini aytgan edi.
“Oltin kartaga ega insonlar katta moliyaviy imkoniyatlarga ega boʻladi. AQSH millionta shunday kartani sotishi mumkin”, – degan Tramp.
Shuningdek, Qoʻshma Shtatlar rahbari “oltin kartalar”ni rossiyalik biznesmenlarga sotish imkoniyatini ham rad etmagan hamda ularning ayrimlarini yaxshi inson deb hisoblashini ham bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring