“Aqcha” obod maskanga aylanadi
Yurtimizda obod mahallalar soni tobora ortib bormoqda. Buni Jalaquduq tumanidagi “Aqcha” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari misolida ham koʻrish mumkin.
— Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida eng chekka hududlarda ham aholi turmush sharoitini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotgani “Inson qadri uchun” tamoyilining yana bir tasdigʻidir, — deydi ushbu mahallada yashovchi mehnat faxriysi Abdumannob Mamatov. — Bizning mahallada yechimini kutib turgan muammolar yoʻq emas edi. Ularning barchasi sovuq kunlarga qadar ijobiy yechim topadigan boʻldi.
Darhaqiqat, “Aqcha” mahallasida 1,7 kilometr yoʻlga shagʻal yotqizildi, piyodalar yoʻlagi barpo etildi. 36 ta temir-beton tayanchlar oʻrnatilib, 1 ta yangi suv qudugʻini qazish boshlandi. Bundan tashqari, irrigatsiya tarmogʻidan unumli foydalanish maqsadida ariqni betonlash yakuniga yetkazildi. Qolaversa, 3 ta koʻchadagi daraxtlarga ishlov berilib, tozalash ishlari bajarildi.
Albatta, bunday bunyodkorlik ishlari hali davom etmoqda. Mahalladagi 536 ta xonadonda yashovchi salkam uch ming aholining turmush sharoiti tubdan oʻzgarib, “Aqcha” tumandagi obod manzillardan biriga aylanadi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring