Aprel oyida Toshkentda Oʻzbekiston-Fransiya biznes-forumi boʻlib oʻtadi
Foto: Халқ сўзи
Shu yilning 14-mart kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga tashrifi chogʻida erishilgan umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlik doirasidagi ustuvor loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvlar bajarilishining bugungi holati koʻrib chiqildi.
Shuningdek, MEDEF International Fransiya tadbirkorlar harakati tarkibiga kiruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat Fransiya Respublikasi savdo boʻyicha delegat vaziri Oliver Besht boshchiligidagi delegatsiyaning aprel oyida Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi kun tartibi ham muhokama qilindi. Tashrif dasturiga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 9-yigʻilishi va ishbilarmon doiralarining vakillari ishtirokidagi biznes-forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi aniq investitsiyaviy va savdo bitimlarini nazarda tutgan holda rejalashtirilgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring