Apple va Samsung kompaniyalar xodimlariga ChatGPT’dan foydalanishni taqiqladi
Illyustrativ foto
Endilikda Apple kompaniyasi ham xodimlariga ChatGPT va boshqa tashqi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqlanganligi to’g’risida The Wall Street Journal xabar berdi.
Bundan oldin Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi xodimlariga axborot tarqalishidan qo‘rqib, korporativ qurilmalarda ChatGPT chatboti va shunga o‘xshash texnologiya mahsulotlaridan foydalanishni taqiqlagani Bloomberg xabarlarida aytib o’tilgandi.
Bu ikki kompaniya, dasturlardan foydalanadigan xodimlar foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini oshkor qilishidan va shunga o‘xshash chatbotlarga yuklangan ma’lumotlar tashqi serverlarda saqlanganligi sababli uchinchi shaxslar foydalanishi mumkin ekanligidan xavotirda.
Samsung Electronics kompaniyasi bunga parallel ravishda kompaniya o‘zining ChatGPT analogini joriy etish ustida ishlamoqda.
Shuningdek, Apple rahbariyati o‘z xodimlariga kod yozishni avtomatlashtiradigan Microsoft’ga qarashli GitHub’ning Copilot dasturidan foydalanmaslikni ham aytgan. Shu bilan birga, OpenAI kompaniyasi ChatGPT AppStore’da chiqarilishini e’lon qilgan va ilovaning Android OC uchun versiyasi ham chiqishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring