Afsonaviy astronavt samolyot halokatida vafot etdi
Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Rasmiy xabarlarga koʻra, astronavt Bill Anders uchayotgan kichik samolyot Vashington shtatining Siyetl shimolida suvga qulagan. Andersning oʻgʻli Greg otasi kichik samolyotda uchayotganini va uning jasadi juma kuni tushdan keyin topilganini tasdiqladi.
Apollon 8 uchuvchisi boʻlgan Bill Anders koinotdan turib Yerning eng betakror tasvirlaridan biri boʻlgan “Yerning koʻtarilishi” deb nomlanuvchi suratni olgan edi. Ushbu rasm 1968-yilgi Rojdestvo arafasida tushirilgan. Unda Oy yuzasi ufqdan chiqib kelish jarayoni aks etgan.

Bu surat tufayli sayyorani asrashga eʼtibor kuchayib, global tarzda har yili oʻtkaziladigan “Yer kuni” tashkil etildi.
Shuningdek, u 1969-yil 24-iyulda “Apollon 11” missiyasining Oyga birinchi qoʻnishida zaxira uchuvchisi sifatida xizmat qilgan. 1969-yilda Anders kosmik dasturdan nafaqaga chiqqanidan soʻng sobiq astronavt bir necha oʻn yillar davomida, asosan, ayerokosmik sohasida ishladi. 1970-yilda AQSHning Norvegiyadagi elchisi sifatida ham ishlagan.
“1968-yilda ”Apollon 8“ missiyasida Bill Anders insoniyatga kosmonavt berishi mumkin boʻlgan eng buyuk — oʻzimizni koʻrish imkoniyatini taqdim qildi”, dedi NASA maʼmuri Bill Nelson.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring