AOKA tasarrufida “Oʻqituvchi” ilmiy-uslubiy noshirlik markazi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ikkita tuilmaga ajratilib, nashriyot nomi ostida ilmiy-uslubiy noshirlik markazi va matbaa uyi tashkil etiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ilmiy-uslubiy noshirlik markazini tashkil etishdan maqsad – uzluksiz taʼlim tizimida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishdan iborat.
Agentlik Bosh direktori Komil Allamjonovning taʼkidlashicha, “Markazda ilm-fan mutaxassislari, yuqori pedagogik tajribaga ega soha vakillari hamda masʼuliyatli muharrirlar, musahhihlar guruhi jamlanadi. Ularga zamon talablariga javob beradigan, innovatsion yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishlari uchun barcha zaruriy sharoit va qulayliklar yaratib beriladi“.
“Oʻqituvchi” ilmiy-uslubiy noshirlik markazi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining sifati va bezatilishini yaxshilash, bu borada zamonaviy jahon tajribalarini joriy etish, darslik loyihalarini tayyorlashda davlat standartlari hamda sanitariya meʼyorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, shuningdek, maktab darsliklarini tayyorlash tartibini toʻliq qayta koʻrib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring