Anjelina Joli Uinston Cherchill chizgan rasmni 7 million funt sterlingga sotdi

Angliyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning Anjelina Joliga tegishli boʻlgan surati Londonda kimoshdi savdosida 7 million funt sterlingga sotildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Sotish narxi sotuvdan oldingi taxminiy koʻrsatkichdan deyarli toʻrt baravar yuqori boʻldi. Bu galgi auksionda Cherchillning rasmi avvalgi rekordni yangiladi. Avvalgi auksionda bu surat 1,8 million funt sterlingga sotilgan edi.
Rasmda eski shaharning devorlari orqasida joylashgan masjid minorasi, orqasida togʻlar va oldida mayda rang-barang shakllar tasvirlangan. Ushbu rasm Ikkinchi jahon urushi yillarida chizilgan.
Jolining sobiq turmush oʻrtogʻi Bred Pitt ashaddiy badiiy kolleksioner sifatida tanilgan. Er-xotin birga yashagan yillarida baʼzi taniqli asarlarni, shu qatorda Benksi va Neo Rauxlarning asarlarini ham sotib olishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring