Angliyalik olimlar saratonning 50 turini erta aniqlaydigan test ishlab chiqishdi

02:49 13 Oktyabr 2021 Dunyo
322 0

Angliyalik olimlar simptomlar paydo boʻlishidan ancha oldin saratonning 50 turini aniqlaydigan test ishlab chiqdilar. Shifokorlarning fikricha, bu texnologiya onkologiya sohasida katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi.

Bugungi kunda saraton kasalligi biopsiya, yaʼni patologik markazdan hujayralar yoki toʻqimalarni olib, ularni mikroskop ostida tekshirish orqali aniqlanadi. Ammo oʻsma kasalliklariga shubha mavjud boʻlgan hollarda biopsiya olinadi.

Yangi usul allaqachon “suyuq biopsiya” nomini olgan. U qondagi saraton hujayralarining DNK fragmentlarini aniqlashga asoslanadi. Odatda bunday fragmentlar oʻsimta paydo boʻlganda va qon tomirlari bilan oʻsgan paytda, lekin KT, ultratovush va MRTda hali koʻrinmaganda aniqlanadi.

Yangi testning keng koʻlamli sinovlari allaqachon boshlangan, unda 50 yoshdan 77 yoshgacha boʻlgan 40 ming koʻngilli ishtirok etmoqda. Mutaxassislar ularning qon tahlilini oʻtkazadilar va bir yildan soʻng, keyin yana ikki yildan soʻng, qon tahlili qayta oʻtkaziladi.

Agar testning samaradorligi isbotlasa, roʻyxatdan oʻtkaziladi va shifokorlar uni kundalik amaliyotda qoʻllashlari mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?