Angliya toʻrt yil oldingi natijani qaytara oladimi?
Bugun futbol boʻyicha Germaniyada davom etayotgan Yevropa chempionatining Niderlandiya va Angliya terma jamoalari oʻrtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi oʻtkaziladi.
Bu Angliya uchun qitʼa birinchiliklarida toʻrtinchi yarim final. Jamoa oxirgi bor “Yevro-2020”ning finaliga chiqib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi.
Niderlandiya uchun esa bu “yevro”lardagi oltinchi yarim final hisoblanadi. “Uchar gollandlar”ning ushbu bosqichdagi yagona muvaffaqiyati 1988-yilga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda jamoa finalga chiqib, chempionlikni qoʻlga kiritgandi.
Hozirgacha Angliya va Niderlandiya 22 bor oʻzaro toʻqnash kelgan. Ularning 7 tasida Niderlandiya, 6 tasida Angliya gʻalabaga erishgan. Gollar nisbati 29/31 inglizlar foydasiga.
Jamoalar bungacha Yevropa chempionatining final bosqichida ikki bor toʻqnash kelgan. Jumladan, 1988-yilda oʻtkazilgan musobaqaning guruh bosqichida Niderlandiya Angliyani 3:1 hisobida yenggan. 1996-yilgi qitʼa birinchiligining guruh bosqichida inglizlar oʻsha magʻlubiyat uchun “uchar gollandlar”da uch olgan: Angliya — Niderlandiya 4:1.
Jamoalar oxirgi marta 2019-yil 6-iyun kuni toʻqnash kelishgan. UYEFA Millatlar ligasi doirasidagi bahsda “uchar gollandlar” qoʻshimcha boʻlimlarda gʻalabani ilib ketgandi: Niderlandiya — Angliya 3:1.

Xoʻsh, Angliya toʻrt yil oldingi natijasini qaytara oladimi? Niderlandiya oʻzi uchun yangi tarix yaratadimi?
Ushbu savollarga bugun Dortmunddagi “Signal Iduna Park” stadionida javob olamiz.
Qayd etish joizki, ushbu oʻyingoh Angliya jamoasi yulduzlaridan biri, hozirda “Oltin toʻp” uchun asosiy daʼvogar Jud Bellingem toʻp surgan “Borrussiya Dortmund”ga tegishli hisoblanadi. Shu boisdan, uni bu shaharda juda yaxshi koʻrishadi. Kecha boʻlib oʻtgan “Yevro-2024”ning birinchi yarim finalida Ispaniya Fransiyani 2:1 hisobida yutib, finalga yoʻl olgandi.
Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring