Andijonda universal sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilda Andijon shahrida 20 ga yaqin ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Buning natijasida minglab yangi ish oʻrinlari yaratildi. Andijon shahrida ish boshlagan universal sport majmuasi shular jumlasidan.
— Mazkur sport majmuasida oʻndan ortiq olimpiya sport turlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida minglab sportchilar mashgʻulot olib borishi mumkin, — deydi viloyat sport boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Elyorbek Gʻulomov. — Yaratilgan bu imkoniyat kelgusida andijonlik sportchilar orasidan koʻplab jahon chempionlari yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
4000 oʻrinli, barcha qulayliklarga ega ushbu majmua 6,3 gektardan iborat boʻlib, “Xon” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring