Andijonda “Tashabbusli byudjet”ning ovoz berish bosqichidan chetlatilgan tumanlardan biri ushbu bosqichga qaytarildi
Illyustrativ foto
Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumani “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bosqichiga qayta tiklandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Avvalroq loyihaning 2-mavsumida Andijonning ikki tumani ishchi komissiyasi tomonidan loyihalar asossiz rad etilgani sababli Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oltinkoʻl hamda Ulugʻnor tumanlari hokimliklariga loyihalarni belgilangan mezonlar asosida qayta koʻrib chiqish yuzasidan soʻrov yuborilgan hamda ushbu tumanlarda ovoz berish bosqichi oʻtkazilmayotgan edi.
Vazirlik soʻroviga javoban, Oltinkoʻl tumani ishchi komissiyasi tomonidan loyihalar qayta koʻrib chiqilishi natijasida loyihalardan 93 tasi ovoz berish bosqichiga oʻtkazilib, 23 ta loyiha amaldagi mezonlarga zid boʻlgani sababli (sababi asoslantirilgan holda) rad etildi.
Bunda tuman fuqarolaridan jami 116 ta loyiha kelib tushgan boʻlib, shundan 22 tasi ovoz berishga oʻtkazilgan, 94 ta loyiha asoslantirilmagan holda rad etilgan edi.
“Shu munosabat bilan, «Ochiq byudjet” portalida Oltinkoʻl tumani boʻyicha saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish bosqichi 29-avgustdan boshlab oʻtkazilishini maʼlum qilamiz», deyiladi xabarda.
Oltinkoʻl tumani boʻyicha loyihalarga ovoz berish anʼanaviy ovoz berish bosqichi bilan bir vaqtgacha, yaʼni 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring