Andijonda qariyb 440 million soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan shaxslar fosh qilindi
Andijon shahrida xonadonida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etib, 438,7 million soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan shaxslar aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro F.S. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat maqsadida Andijon shahri “Pistamozor” MFY hududidagi xonadonida yashirin ravishda 5 ta toʻplamdagi mayning qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab olgani fosh qilingan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 438,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring