Andijonda qariyb 1 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi

18:43 18 Sentyabr 2025 Jamiyat
129 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyatida 965,8 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Marhamat tumani boʻlimi tomonidan “Hududgaz Andijon” GTF mutaxassislarini jalb qilgan holda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida “A.D.” MCHJ rahbari A.K. “Navroʻz” MFY hududidagi oshxona binosida gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 654,3 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro X.X. non ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 311,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер