Andijonda Prezident tashrifi arafasida archalar ekilgani, tashrifdan soʻng ekilgan daraxtlar yana olib ketilgani aytilgan videoga munosabat bildirildi

13:44 20 Iyun 2021 Jamiyat
1036 0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Anjanda buni: “Ish bitdi, eshak suvdan oʻtdi,“ deyishadi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi, unda viloyatda Prezident tashrifi arafasida archalar ekilgani, tashrifdan soʻng esa ekilgan daraxtlar yana olib keltilgani aytilgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga koʻra, tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish boʻlimi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.

Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga koʻchirib turilgan.

«Yoʻlning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida, ekologlar tavsiyasiga koʻra, qayta oʻtqazilgan koʻchatlarning yana-da oʻsib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan.

Ayni paytda bu manzarali butalar yana oʻz joyiga qayta oʻtqazilgan», deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?