Andijonda oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi
Foto: Illustrativ foto
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 42-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchilar hashar ishlariga majburiy jalb qilingan. Holat yuzasidan maktab direktori lavozimidan ozod etildi va jarimaga tortildi.
Joriy yil 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Marhamat tumanidagi 42-umumtaʼlim maktabida hasharmi?” sarlavhasi ostida pedagoglarning qurilish-taʼmirlash ishlarida ishtirok etayotganini aks ettiruvchi videolar tarqaldi.
Mazkur holat boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, Andijon viloyati Marhamat tumani Yangi hayot mahallasida joylashgan 42-maktabda bir guruh oʻqituvchilar taʼmirlash ishlariga jalb qilingan boʻlib, bu holat 2025-yil 2-avgust kuni sodir boʻlgan.
Maktab jamoasi bilan oʻtkazilgan suhbatda, pedagoglar ushbu ishlarni “ixtiyoriy” ravishda bajarganliklarini bildirgan. Biroq, ustozlarni lavozim majburiyatidan tashqari ishga jalb etish holati nazoratga olinmagani sababli, maktab direktori Z. M. lavozimidan ozod etildi.
4-avgust kuni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasida oʻqituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.
Natijada, maktab rahbari Z. M. nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismi asosida BHMning 100 baravari miqdorida jarima qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring