Andijonda “metrika”ning yoshi nechada?
Foto: “Xalq soʻzi”
Har gal fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish byurosida boʻlganimda xayolimdan bir fikr oʻtadi: “Andijonda ilk “metrika” – yaʼni tugʻilganlik guvohnomasini kim olgan?» Bugun ana shu savolga javob topish istagida Andijon shahar FHDYO byurosida boʻldim.
— Idoramizga murojaat qiluvchilar soni arimaydi,—deydi byuro mudiri Gʻafurjon Salomov meni arxiv boʻlimi tomon boshlar ekan.– Bir kunda yuz nafardan ziyod fuqarolar bilan ishlaymiz. Shu kungacha 12 mingta tugʻilganlik, 1712 ta nikoh, 820 ta ajrim holatlari qayd etildi. Bu haqidagi hujjatlarning barchasi arxivimizda saqlanadi.
Maʼlumotlardan bildimki, arxiv hujjatlari bir yilda oʻrtacha 15-16 mingtadan ortadi. Avvallari barcha hujjatlar qogʻoz shaklida saqlangan boʻlsa, bugungi kunda raqamlashtirish tizimi joriy etilgan.
— Ilk tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma 1929-yilning 4-sentyabr kuni Salohiddin Anvarov nomiga rasmiylashtirilgan,—deydi byuro inspektori Nargizaxon Xidirova. – Xuddi shu yili Vahobjon Toʻxtayev hamda Ominisa Sobirovalarning nikohi ham ilk bor rasmiylashtirilgan.
Arxiv hujjatlari bilan tanishish davomida guvoh boʻldikki, hujjatlar ilk bor amaldagi fors va arab yozuvlarida shakllantirilgan ekan. Bugungi kunda ular bilan ishlashda qulaylik yaratish maqsadida byuro xodimlaridan ushbu yozuvlar bilan ishlay olish qobiliyati hisobga olinadi.
Xulosa qilish mumkinki, Andijonda ilk “metrika”niyam, FHDYO boʻlimining ham yoshi 94 da ekan!
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring