Andijonda “Lacetti” va “Nexia-3” ishtirokida YTH sodir boʻldi

12:55 15 May 2025 Jamiyat
133 0

Foto: Andijon YHXB

Andijon viloyati Andijon tumanida “Lacetti” va “Nexia-3” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan, oqibatda bir nafar fuqaro jabrlandi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 14-may kuni soat 13:45 larda, Andijon tumani “Beshpahlavon” MFY hududidan oʻtgan D-137 avtomobil yoʻlining 13 kilometrida yuz bergan.

Hodisaga 1977-yilda tugʻilgan R.O. oʻzining “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, ortga qayrilish uchun chap tomonga keskin burilib yuborgani sabab boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, “Lacetti” oʻzi bilan bir yoʻnalishda, ortidan harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib ketgan.

Hodisa oqibatida “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib RSHTTYOIM Andijon filialiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?