Andijonda ikki fuqaro janjallashdi, ulardan biri 15 sutkaga qamaldi

14:49 11 Noyabr 2025 Jamiyat
266 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi “Avtoshox bekat”da fuqarolar janjallashgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 5-noyabr kuni soat 15:35 larda Andijon shahri, Oʻzbegim mahallasi, A.Temur koʻchasida joylashgan “Avtoshox bekat” hududida, Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida aholiga pullik xizmat koʻrsatuvchi haydovchilar, 1992-yilda tugʻilgan Asaka tumanida yashovchi A.X. unga tanish boʻlgan 1993-yilda tugʻilgan Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yashovchi O.X. bilan oʻzaro kelishmovchilik ortidan janjallashgan.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, ushbu janjal oqibatida boshqa fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, fuqaro O.X.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?