Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq oʻqtaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak svetoforda turgan mototsikl haydovchilariga pichoq bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIB tomonidan holatga oydinlik kiritilib, ushbu nojoʻya harakatni sodir etgan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilgan.
“Spirtli ichimlik isteʼmol qilgan edim, yoʻlda mototsikl haydayotganlarga nega tez haydayapsizlar deb, pichoq bilan tahdid qildim. Oʻzbekiston xalqidan kechirishini soʻrayman. Mingdan-ming pushaymonman”, deydi u.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, “shovvoz” bugun, 24-iyun kuni soat 01:00 dan 03:00 gacha vaqt oraligʻida “Spark” rusumli mashinani taksi xizmati sifatida chaqirgan va haydovchini ham oʻtkir tigʻli qurol bilan qoʻrqitgan. Bu ham yetmagandek, yoʻl haqini berish oʻrniga mashina salonidan 100 ming soʻm pulini oʻgʻirlab ketgan.
Andijon viloyat prokuraturasining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) 1-qismi hamda 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring