Andijonda “elektroset” xodimlari 20 million soʻm uchun oʻz mansabini suiisteʼmol qildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon viloyatida tadbirkorning 20 million soʻmini qoʻlga kiritgan ETK muhandislarini ushladi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu qonunbuzarlik qayd etilgan.
Qayd etilishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Sh.V. “X.T.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yoʻq qilib berishi evaziga korxona rahbari X.T.ning 20 million soʻmini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Uning koʻrsatuviga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ filiali maʼmuriy binosi oldida davom etgan tadbirda, Xoʻjaobod ETKning yana bir muhandisi A.A. muhandis Sh.V.dan 20 million soʻmni olib, shundan 5 million soʻmini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring