Andijonda don korxonalari manipulyatsiya harakatlari uchun jarimaga tortildi
Raqobat qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi 3 ta don korxonasiga nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu korxonalar yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan:
“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ — 724,2 tonna bugʻdoy uni va omixta yem mahsuloti;
“Asaka don mahsulotlari” AJ — 1394,0 tonna bugʻdoy uni va omixta yem mahsuloti;
“Andijondonmahsulot” AJ — 509,2 tonna bugʻdoy uni mahsuloti.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida don korxonalariga nisbatan qonun buzilish alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatmalar berildi, deyiladi qoʻmita axborotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring