Andijonda 1 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Foto: Oʻzenergoinspeksiya
Andijon shahrida 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida fuqaro A.A. oʻz xonadonida sauna tashkil qilib, tegishli shartnomasiz gaz soʻrgich moslama orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz taʼminoti korxonasining 1 milliard 81 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring