Andijon jamoasining beshinchi oʻyinida ham durang qayd etildi
Bugun, 26-noyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining beshinchi tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Andijon“ klubi oʻz maydonida Turkmanistonning “Arkadag“ jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi. Bahsning birinchi boʻlimi 0:0 hisobi bilan tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida “Andijon“ klubining afrikalik legioneri Ismoil Akinade hisobni ochdi. Ushbu gol “burgutlar“ning xalqaro maydondagi birinchi goli sifatida tarixda qoldi.
Oradan 5 daqiqa oʻtib, mehmonlar hisobni tenglashtirdi. Turkmaniston terma jamoasi aʼzosi Didar Durdiyev muvozanatni tiklagan golga mualliflik qildi.
Uchrashuv yakuniga qadar Akmal Shoahmedov boshchiligidagi jamoada yana bir qator imkoniyatlar boʻldi. Ammo, oʻyinda hisob boshqa oʻzgarmadi.
Shu tariqa beshinchi oʻyinida beshinchi marta durrang oʻynagan “Andijon“ klubi oʻz guruhiga 5 ochko jamgʻargan holda uchinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa keyingi turni 24-dekabr kuni Qatarning “Al-Ahli Doxa“ klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring