Andijon viloyati IIBning sobiq xodimlari 5,6 mlrd. soʻm pullarni talon-toroj qilgani aniqlandi
“MA-News” telegram ijtimoiy tarmogʻida joylashtirilgan “Ichki ishlar tizimida ishlab nafaqaga chiqqan fuqaro M.M. unga nisbatan olib borilgan tergovdan noroziligi” haqidagi xabar yuzasidan.
Aniqlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilgan.
Xususan, tergovda fuqaro M.M. va boshqalar tomonidan viloyat IIB depozit hisobidagi jami 5,6 mlrd. soʻmlik pul mablagʻi oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Tergov natijasiga koʻra, viloyat IIB Moliya taʼminot xizmati boshligʻi oʻrinbosari M.M., buxgalteriya hisobi va hisobot boʻlimi sobiq boshligʻi D.A., IIB MTX sobiq xodimi Sh.M., MIB Andijon shahar boʻlimi sobiq ijrochisi Sh.A. ga nisbatan JK ning 167-moddasi 3-qismi “a” “g” bandlari va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilingan, ayblanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi boʻyicha toʻplangan dalillar yigʻindisi bilan oʻz tasdigʻini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, hozirda sud muhokamasi oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring