Andijon viloyati hokimi Istanbul viloyati rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Andijon viloyatidan tadbirkor va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasida rasmiy safar bilan boʻlib turibdi. Safar doirasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Istanbul viloyati hokimi Davut Gul bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida ikki hudud oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish orqali oʻzaro munosabatlarni tizimli va samarali rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, bunday hamkorlik savdo aylanmasini oshirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kadrlar tayyorlash va tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, qoʻshma tashabbus va loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring