Andijon toʻqimachilik mahsulotlari – jahon bozorida

14:28 12 Sentyabr 2025 Jamiyat
76 0

Andijonda toʻqimachilik sanoati tez surʼatlar bilan rivojlanayotgani eʼtirof etilmoqda. Mahsulotlar sifat darajasi va bejirimligi boʻyicha yuqori natijalarga erishilyapti. Bu esa AQSHning Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida yangi savdo uyining ish boshlashiga sabab boʻldi.

— Andijonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuz foiz paxta tolasidan tayyorlanib, yuqori sifatga egaligi bilan ahamiyatli, — deydi AQSHda istiqomat qiluvchi Farruxbek Ibrohimov. — Ular nafaqat mukammal dizayn va qulayligi, balki jahon standartlariga javob bera oladigan barcha xususiyatlari bilan ham xaridorlarni oʻziga jalb etmoqda. Shu jihatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari ichki va tashqi bozorda tobora katta talabga ega boʻlib bormoqda.

Sent-Luis shahrida ochilgan savdo uyi tantanali ravishda faoliyat boshladi. Marosimda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “ITF Group LLC” ijrochi direktori Saidazim Burxonxoʻjayev, tadbirkorlar hamda toʻqimachilik sanoati vakillari ishtirok etdi. Savdo uyi Andijon mahsulotlarini keng targʻib etish bilan birga, mahalliy va xalqaro xaridorlar uchun doimiy savdo maydoni vazifasini ham bajaradi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер