Andijon shahrida 40 ta zamonaviy elektrobus qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda
Andijon shahrida jamoat transporti sohasini yangilash, aholi uchun qulay, ishonchli va ekologik xavfsiz qatnovni taʼminlash yoʻlida tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu yoʻnalishda Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “CAMBELL” rusumidagi 40 ta zamonaviy elektrobus viloyatga olib kelinib, reja asosida shahar yoʻnalishlariga joylashtirilmoqda.
Ushbu yangi transport vositalari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, qatnov jarayonini samarali tashkil etish hamda shahar infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
— Elektrobuslarning yangi yoʻnalishlar boʻylab harakatlana boshlashi fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinmoqda, — deydi yoʻlovchi Isomiddin Xotamov. — Ayniqsa, ularning Oltinkoʻl tumanidagi Mebelchilar sanoat hududidan Andijon shahri markazi tomon qatnovi ishga qatnaydigan aholi uchun katta yengillik yaratdi. Yoʻnalish ochilganidan soʻng kundalik harakatimiz ancha osonlashdi. Bugungi kunda transport oqimi jadallashib, avtobus eng xavfsiz va ishonchli qatnov vositasiga aylanganini inobatga olsak, bu juda muhim imkoniyatdir.
Elektrobuslar elektr energiyasida ishlashi tufayli havoga zararli moddalar chiqarmaydi, shovqin darajasi past boʻlib, shahar ekologiyasiga toʻliq mos keladi. Mazkur tashabbus Andijon shahrida jamoat transporti xizmatlari darajasini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi uchun yanada qulay va zamonaviy qatnov muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring