Andijon shahar Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi 900 dollar pora olayotganda ushlandi

Andijon shahar Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departament va DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro yana bir fuqaroning ishonchiga kirib uning xalq taʼlimi tizimida ishlovchi tanishlarini attestatsiyadan oʻtkazish, ikki nafar tanishini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlash masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 8400 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbirda fuqaro aybiga toʻliq iqror boʻlgan, pushaymonligini bildirib, fuqarolardan olgan 8400 AQSH dollarining bir qismini Andijon shahar xalq taʼlim boʻlimi boshligʻiga olib borib berish uchun ariza bilan murojaat qilganini bildirgan.
Fuqaro koʻrsatmalari asosida tadbir davom ettirilgan. Andijon shahar xalq taʼlim boʻlimi boshligʻi fuqarolardan ular aytgan masalalarni hal etib berish uchun 900 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar xalq taʼlim boʻlimi boshligʻiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168-moddasi va 28-, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring