Anʼanaviy karate-do boʻyicha Jahon kubogi Toshkent shahrida oʻtkazilishi mumkin

06:48 18 Iyun 2022 Sport
542 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Joriy yilning 12-15-may kunlari ilk bor Toshkent shahridagi JAR sport sogʻlomlashtirish markazida anʼanaviy karate-do boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Musobaqada Osiyoning 11ta mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz oʻtgan musobaqalarda umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tojikistonlik sportchilar ikkinchi, Qoraqalpogʻiston karatechilar esa uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Ushbu musobaqadan soʻng 2023-yilning may oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Jahon kubogi mezbonligini ham Toshkent shahriga berish taklifi ilgari surildi.

Mazkur taklif asosida Xalqaro oʻquv-seminarlar oʻtkazildi va Toshkent shahri Jahon kubogini oʻtkazishga tayyor ekani maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?