Amurdagi zavodda sodir boʻlgan yongʻin va Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonoti
Bugun Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yongʻin yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa oʻrnatdi.
Huquq tartibot idoralari taqdim etgan dastalbki maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojea oqibatida jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoʻq.
Shuningdek, Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bogʻliq holat ham Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik organlari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan.
Olingan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan 3 nafar fuqaroning ahvoli qoniqarli.
Ushbu holatlar boʻyicha tergov tadbirlari rasmiy xulosasi olingach qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring