"Amir Temur shajarasi" medialoyihasi tuziladi

Temuriylar sulolasi dunyo tamaddunida eng katta imperiyalardan biri hisoblanadi. Shajara o‘zining tarixiyligi va mukammalligi bilan qimmatli va ahamiyatlidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida Amir Temur davlati ramzlariga alohida o‘rin ajratiladi.
Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi.
Unda Sohibqiron bilan bog‘liq eksponatlar o‘rin egallaydi. Mahalliy va xorij muzeylaridan Amir Temur bilan bog‘liq eksponatlar mamlakatimizga qaytariladi va faksimile nusxalari yaratiladi. “Amir Temur shajarasi” medialoyihasi ekspozitsiyaning eng boy manbasi hisoblanadi.
Tarixiy manbalarda Amir Temur shajarasi aks etgan sahifalarining faksimile nusxalari yaratiladi va ekspozitsiya tarkibiga kiritiladi. Buyuk sarkarda shajarasidagi har bir tarixiy shaxs haqida ma’lumot beruvchi interaktiv kontent tayyorlanadi. Ushbu kontent tarqatma material sifatida nashr qilinadi va bu orqali keng jamoatchilikka targ‘ib qilinadi.
Ushbu loyihalarga Temuriylar tarixi davlat muzeyi boshchilik qilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda olimlar va mas’ullar ishtirokida O‘zbekitsondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini noyob eksponatlar va artefaktlar bilan boyitish bo‘yicha ilmiy-innovatsion loyihalar muhokamalari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring