Amerikalik serjant Rossiyada toʻrt yilga «kesildi». Pentagon ham unga chora koʻradi

13:16 19 Iyun 2024 Dunyo
438 0

Amerikalik serjant Gordon Blek Rossiyada qariyb toʻrt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. «Unga nisbatan zoʻravonlik va oʻgʻirlik holati bilan ish qoʻzgʻatilgan», deb yozadi Germaniyaning DW nashri.

Vladivostok sudi Gordon Blekni rossiyalik sevgilisini kaltaklash va oʻgʻirlik qilishda aybdor, deb topdi. Blek oʻz aybini qisman tan ham olgan. Sud amerikalik zobitni qoʻyilgan ayblovlar uchun 3-yil 9 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Gordon Blek va Aleksandra Vashchuk (serjantning sevgilisi) tanishuvlar ilovasi orqali tanishishgan. Janubiy Koreyada xizmat qilayotganda Blek may oyida Vladivostokda yashovchi sevgilisini koʻrgani kelgan. Juftlik tez orada janjallashib qolishgach, Gordon Blek qizga zoʻravonlik ishlatadi. Shuningdek, qiz oʻz arizasida hamyonidan 10 ming rubl oʻgʻirlanganligini ham qoʻshib qoʻyadi.

34 yoshli Gordon Blek Janubiy Koreyada harbiy xizmat safarida boʻlgan. Xizmat vazifasi tugagach u AQSHga qaytishi kerak edi. Pentagon AQSH harbiy xizmatchilarining Rossiyaga ruxsat etilmagan har qanday sayohati qatʼiyan taqiqlanganini va Blekning xatti-harakatlari boʻyicha ichki tekshiruv oʻtkazayotganini aytdi.

Hozircha AQSH tomoni harbiy xizmatchisini qaytarib olish borasida biror harakat amalga oshirmadi. Gordon Blekning advokatlari hozirda sudga apellyatsiya kiritishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер