Amerika ertak va afsonalari oʻzbek tilida chop etildi
AQSHning Toshkentdagi elchixonasi oʻzbekistonlik hamkorlari bilan “Amerika ertak va afsonalari” kitobini oʻzbek tilida chop ettirdi. Rangli rasmlar bilan bezatilgan ushbu kitobga hayvonlar, qushlar va koʻplab boshqa qiziqarli personajlar haqidagi 60 dan ortiq kichik hikoyalar kiritilgan boʻlib, ular www.americanfolklore.net saytidan olingan. Kitob Toshkentdagi “Baktria Press” nashriyotida bosildi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekistonda kitob oʻqish madaniyati, xususan yoshlar orasida, ommalashtirish boʻyicha qator saʼy-harakatlar qilinmoqda. Koʻp kishilar Ernest Xeminguey, Teodor Drayzer, Mark Tven kabi amerikalik klassiklar va ularning asarlari bilan tanish boʻlsa-da, yosh kitobxonlar Amerika adabiyotidan unchalik xabardor emas. Ushbu kitobni bevosita ingliz tilidan tarjima qilgan holda chop ettirish orqali AQSH elchixonasi yosh oʻquvchilar uchun moʻljallangan kitoblar nashrini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishdan mamnundir”, deyiladi xabarda.
“Amerika ertak va afsonalari” Oʻzbekistondagi kutubxonalar va maktablarga tarqatiladi. Uni Toshkentdagi Amerika markazi va Milliy kutubxonada joylashgan “AQSHga daricha” xonasidan ham topish mumkin. Elchi Daniel Rozenblyum va amerikalik ingliz tili oʻqituvchilari bu kitobni talaba va oʻquvchilar davrasida oʻqib, kitob, adabiyot va mutolaaning ahamiyati xususida suhbatlashadi.
Ushbu kitob AQSH elchixonasi avvalroq oʻzbek tilida nashr ettirgan “Amerika hikoyalari”, "Oʻzbekistonning ikki rivoyati” va “Raqqosa Ayiqxonim” kitoblari qatoriga qoʻshildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring