Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surildi

12:41 20 Oktyabr 2021 Sport
1343 0

Joriy yil Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) hisobot-saylov Kongressi tashkil etiladi. Unda tashkilot rahbariyatiga saylov oʻtkaziladi.

Rossiya qilichbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIEning amaldagi rahbari, rossiyalik metsenat Alisher Usmonovning nomzodini ilgari surdi. Shu tariqa, 27-noyabr kuni Shveysariyada oʻtkaziladigan FIEning Kongressida Usmonov nomzodi koʻrib chiqiladi.

Asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Alisher Usmonovni hamyurtlarimiz ham yaxshi bilishadi. Zero, u mamlakatimizda ham ijtimoiy soha va sportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir necha yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Taʼkidlash joiz, sentyabr oyida mamlakatimizda oʻtgan Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uch mintaqa Alisher Usmonovga boʻlajak saylovda uni qoʻllab-quvvatlashini bildiruvchi xat yoʻllagan edi.

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIEga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?