Alisher Qodirov Toshkent shahrida “Oʻlmas polk” namoyishlari oʻtkazilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Foto: Arxiv surat
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Ikkinchi jahon urushidagi gʻalaba munosabati bilan Toshkent shahrida “Oʻlmas polk” namoyishlari oʻtkazilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Oʻlmas polk” — “yumshoq kuch” namoyishi, sovet birligiga targʻibot quroli ekanligini tushunmagan qolmadi.
Biz bunday namoyishlarga qarshimiz!
Insoniyatning fashizm ustidan gʻalabasida oʻzbek xalqining sezilarli ishtiroki bor. Otalarimizning bosqinchilar va buzgʻunchi millatchilarga qarshi ozodlik uchun kurashlari qiyomatgacha xotirlanishi va qadrlanishi kerak.
Biz uchun qadrlash ularning suratlarni shahar boʻylab kezdirish emas, ruhlariga duolar qilish, ular uchun u dunyoning yaxshiliklarini tilashdir.
Shahidlarimizning pok xotirasini qadrlash kerak, manfur siyosiy maqsadlarga yana bir marta qurbon qilish emas!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring