Alisher Qayumov Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Qayumov Singapurga yetib keldi va oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
Yangi elchi Singapurga tayinlanishidan oldin Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi boʻlib ishlagan.
54 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi sifatida ishlagan.
Elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega.
Diplomat 2017-yildan buyon Oʻzbekistonning Berlindagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alisher Qayumov Oʻzbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) oʻrindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) boʻlib ishlagan Qahramon Shokirov oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring