Alisher Navoiy jamgʻarmasi tuzildi
![](https://xs.uz/upload/post/2019/1/24/decce4d48021acbd1b03b8fe17ac5cf70124.jpg)
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosiga bagʻishlangan ilmiy konferensiyaga xalqaro maqom berilgani shoir ijodiga dunyo miqyosida qiziqish kuchayib borayotgani ifodasidir.
— Anjumanimiz tashkil etilgan yili uchta, oʻtgan yili oltita mamlakatdan navoiyshunos olimlar qatnashdi, — deydi xalqaro konferensiyaning masʼul kotibi, adabiyotshunos olim Ulugʻbek Sattorov. — Bu yil 12 mamlakatdan 48 nafar navoiyshunos olim ishtirok etish istagini bildirib turibdi. Ular oʻz maʼruzalarini taqdim qildilar. Vengriya, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston va Hindiston davlatlaridan tadqiqotchilar ilk bor qatnashadi. Oliy taʼlim muassasalarimiz olimlaridan esa 150 dan ziyod maqolalar qabul qildik.
Navoiy shahrida bu yilgi xalqaro konferensiya arafasida respublikamizda yagona boʻlgan Alisher Navoiy jamgʻarmasi tuzildi. Ajdodlarimiz merosini jahonga tanitish, yoshlarimizni buyuk bobolarimiz anʼanalari ruhida tarbiyalash kabi ulugʻ maqsadlar uning asosiy faoliyati yoʻnalishlaridandir. Xalqaro mavqega ega jamgʻarma saytida mavzuga doir eng muhim yangiliklar, ilmiy tadqiqotlar joylashtirib borilishi rejalashtirilgan.
Kelgusida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda jamgʻarmaning filiallarini ochish koʻzda tutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring