Aliment toʻlamagan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB xodimlari va fuqarolar oʻrtasida janjal aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan berilgan izoh “Hudud” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari uchun ogohlantirishlarga qaramay, joriy yilning 1-avgust kuniga qadar 10 million 737 ming soʻm aliment pullarini toʻlamagan ota Uchtepa tuman sudi qarori bilan 15 sutkaga qamalgan.
Fuqaroning qarindoshlari esa joriy yilning 15-avgust kuni byuroning Uchtepa tuman binosiga kelib, qarzdor otaning nohaq qamalgani, uning ayoli farzandlarining tarbiyasiga beeʼtibor ekanini bildirib, xodimlar bilan qoʻpol munosabatda boʻlishgan va janjal koʻtarishgan.
Hozirda holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar oʻrganilmoqda.
Avvalroq Nukus shahrida yashayotgan fuqaro farzandi uchun 13-yillik alimentni oldindan toʻlab, rekord oʻrnatgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring