Aliyev bilan hammasi joyida. Kiyinish xonasida uni kerakli shaklda qoʻllab-quvvatladim
Bugun, 18-noyabr kuni Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining nimchorak final oʻyinida Italiya oʻsmirlar terma jamoasiga 3:2 hisobi bilan magʻlubiyatga uchradi va mundial bilan xayrlashdi.
Ushbu oʻyinning 89-daqiqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Asilbek Aliyev raqibining provokatsion harakatiga javob qaytargani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Bu esa terma jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilovning jahlini chiqardi va murabbiy maydondan chiqib ketayotgan Aliyevga juda qoʻpol munosabat koʻrsatdi.
Oʻyin yakunlanganidan soʻng, Islom Ismoilov ushbu holatga quyidagicha izoh berdi:
«Aliyev bilan bogʻliq vaziyat uchun koʻpchilik meni tanqid qilayotgan boʻlishi mumkin, lekin avvalo oʻrtada vatan shaʼni turibdi. Biz bolalarga rosa tushuntirdik, oʻyindan oldin qancha gapirdik, har qanday vaziyatda emotsiyaga berilmaslikni, provokatsiyaga uchramaslikni qattiq tayinladik. Lekin shundan keyin ham bu voqea boʻlgani jahlimni chiqardi, kerakli tanbehni berdim. Toʻgʻri qildim, deb oʻylayman.
Hech qanday muammo yoʻq. Bu saboq boʻladi. Bular yosh bola emas, professional futbolga qadam qoʻyishyapti. Yechinish xonasida hammasi joyida, tushunmovchilik yoʻq, kerakli shaklda qoʻllab-quvvatladim».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring