Alan hayotini oʻzgartirgan dars
Alan Ahmedov oʻn bir yoshda. U ikkinchi guruh nogironi. Qoʻl-oyoq panjalaridagi xastalik tufayli maktabga borolmaydi. Biroq bu uning bilimga va doʻstlikka boʻlgan ishtiyoqini toʻsib qoʻymagan. Alan tengdoshlari kabi oʻrganishni, hayotda oʻz oʻrnini topishni, doʻstlari bilan birga vaqt oʻtkazishni orzu qiladi.
Shu bois uning sinf rahbari, oliy toifali oʻqituvchi Saide Bayramova uning uyida noodatiy dars tashkil qildi. 4 – “a” sinf oʻquvchilari “Biz – har xilmiz, ammo doimo birgamiz!” shiori ostida Alan bilan uchrashdi. Bu dars maktabda emas, balki Alanning uyida boʻlib oʻtdi. Doʻstlari uni yoʻqlab bordi, birga muloqot qilishdi.
— Bu mashgʻulotning asosiy maqsadi oʻquvchilar orasida mehr-oqibatni mustahkamlashdan iborat, — deydi Saide Bayramova. – Dars davomida bolalar Alanga konsert dasturini taqdim etishdi. Oʻzlari tayyorlagan eskizlar va ijodiy ishlarini koʻrsatishdi.

Ustozi esa Pushkinning mashhur sheʼridan parchani yoddan oʻqib berdi. Bolalar musiqa darsida oʻrgangan “Ezgulik yoʻlidan yurgil” qoʻshigʻini birgalikda ijro etdilar. Dars yakunida Alan oʻz doʻstlaridan sovgʻalar, suratlar va shirinliklar qabul qildi. Uyda oʻtkazilgan bir kunlik dars Alan hayotini butunlay oʻzgartirdi, u atrofida doʻstlari va mehribon oʻqituvchilari borligini his qildi. Bundan barcha ishtirokchilar ham xursand. Alanning onasi va buvisi oʻqituvchilar va sinfdoshlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Bu noodatiy va qalbni ilhomlantiruvchi dars Alanning uyida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. U nafaqat uning taʼlimiga yordam berdi, balki sinfdoshlari bilan doʻstlik va munosabatlarini mustahkamladi, insonlar orasidagi mehr va hamdardlikning haqiqiy qimmatini namoyish etdi. Alanning hayoti har birimizga insonparvarlik, eʼtibor va birdamlikning qanchalik qimmatli ekanini yana bir bor koʻrsatdi.
Otabek ISROILOV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring